Bosh sahifa » Yangiliklar | Новости
5
yillik tanafusdan so`ng katta sahnaga qaytgan maftunkor xonanda Lola
qaranki bundan buyog`iga qo`shiq kuylashni to`xtatar ekan. "Qiynalar
qalbim” qo`shig`i bilan muhlislari qalbidan yana joy ola boshlagan
xonandaning bu qarori barchani birdek xayratga soldi. Xo`sh, Lola uzoq
tanafusdan so`ng qo`shiq kuylab yana tinglovchilarni xushnud etib va
kutilmagan sahna ortiga o`tish to`g`risidagi qarorni qabul qilishga nima
sabab bo`ldi?..
|
Xabaringiz
bor ayni damda Bayon guruhining navbatdagi - "Без тебя” deb nomlangan
yangi taronasiga klip olish jarayoni boshlab yuborildi. O`ziga xos va
kutilmagan sahna ko`rinishlariga ega bo`lgan yangi kartina Yodgor
Nosirov tomonidan suratga olinmoqda. Bu galgi klip ham xuddi "Sen ketma”
taronasiga ishlangan videomaxsulot kabi xech kim kutmagan yangliklarga
boy bo`ladi. Shu munosabat bilan shu yilning 4-sentabr, shanba kuni
kunduzi 12:00da 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar o`rtasida
kasting e`lon qilinadi.
|
Tez
orada "Hayot" guruhi o'z qo'shiqlarini ommaga taqdim etishga bel
bog'lashgan. Ushbu guruh muhlislar bilan yaqinroq muloqotda bo'lishga
harakat qiladi. Bu guruhda uchta a`zosidan tashkil topgan bo'lib
ularning ismlari xozircha sir tutiladi yaqin orada ularning eksklyuziv
taronalari albatta birinchi bo'lib bizning portalga kiritiladi, biz esa
yangi "Hayot" guruhiga omadlar tilab qolamiz.
|
"New
Star Media” prodyuserlik markazining hozirda eng sermahsul ijod
qilayotgan loyixasi bu albatta "Bayon” guruhi desak yanglishmagan
bo`lamiz. Ammo ushbu markazning yagona yosh ayol xonandasi Dilso`z
avgust oyida tinglovchilar xukmiga bir necha yangi qo`shiqlarini taqdim
qilib, o`zining nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqchi. Dilso`z ushbu
oyning boshida milliy estrada yo`nalishida kuylangan "Begim” nomli
taronasini taqdim qildi. Qo`shiq mualliflari esa Iqbol Muxammadjonov va
O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan artist Ra`no Yarasheva.
|
Kuni
kecha "O`zbektelefilm" pavilonlaridan birida iqtidorli rejissyor Yodgor
Nosirov bilan hamkorlikda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor
Rahimxonning "Eyforiya"
taronasiga klip suratga olindi. Klip chiqmasdan qo`shiq o`zi ham radio
to`lqinlarida yangraganni o`zidayoq katta shov shuvlarga sabab bo`ldi,
endi esa klip shuni va`da bermoqda. Sardor Rahimxon endi umuman yangicha
imidjda (ko`rinishda) namoyon bo`ldi...
|
Xonanda
va bastakor Jakhongir.Uz ijodidan ajoyib yangilik. Shu kunlarda u sobiq
"Se Tanho” guruhining yakkaxonlaridan biri, hozirda Leyli taxallusi
bilan ijod qilayotgan xonanda bilan birgalikda duet qo`shiq yaratdi.
Qo`shiq musiqasi Jakhongir.Uz ga tegishli albatta. Eslatib o`tamiz,
Jakhongir.Uz shu kunga qadar Aida, Anoqa va aktrisa Oydin Yusupova bilan
birgalikda duet yaratishga ulgurgan...
|
Bolalar
guruhining va uning yakkaxoni Tohir Sodiqov, ijodidagi navbatdagi
yangilik bilan oldinga qarab intilmoqda. Ko`pchilik bo`ldi endi oldingi
"Bolalar”dan asar ham qolmadi deyishi bilanoq, Tohir Sodiqov 2010-yilda
"Sevaman” deya nom olgan qo`shig`ini taqdim etdi. Bu qo`shiq albatta hit
darajasiga ko`tarildi va umrbod qoladigan qo`shiqlardan bo`ldi. Bu
safar kim nima dedi bilmadik-ku, ammo navbatdagi albom muxlislar uchun
tayyorlanmoqda.
|
O`ziga xos kliplari bilan barchani hayron qoldirib
kelishayotgan ikki xonanda, bu gal qo`shiq tarkibidan joy egallashdi.
Yoshlarimizning sevimli kuychisi Manzura hamda O`zbekistonda xizmat
ko`rsatgan artist Mavluda Asalxo`jayeva birgalikda kuylangan duet
qo`shiqni va unga ishlangan klipni tez kunda muxlislar e`tiboriga xavola
etish niyatidalar. Biz bilamizki o`zbek estradasining bu ikki ayol
xonandasining tarona kuylashdagi yo`nalishi birozgina bir-biridan farq
qiladi...
|
Oybek va Ma`murga omad kulib boqdi!. "Bayon” guruhining ikki ko`rkam va xushovoz yigitlari "Sen ketma” qo`shig`idan so`ng anchayin tanilib qolishdi. Ma`mur va Oybekning "Darbadarman” nomli hit darajaga ko`tarilgan ikkinchi qo`shig`idan so`ng navbatdagi "Без тебя” deb nomlangan taronasi Moskva shahridagi studiyalardan birida yozildi. Qo`shiq muallifi sobiq "Zero” guruhi a`zosi Serj Marsel. Hozirda yangi qo`shiqning klip g`oyasi ustida Yodgor Nosirovning shaxsan o`zi bosh qotirmoqda. "New Star Media” prodyuserlik markazi rahbariyatining ma`lum qilishicha...
|
"Akfa-media” mahoratli yoshlar uchun yangi kasting e`lon qiladi!
Yurtimizda tashkil etilgan prodyuserlik markazlari orasida"Akfa-media” eng ilg`or faoliyat yurityapti. Oybek va Nigora, Ziyoda kabi nomlarni mashhur xonanda sifatida estrada olamiga tuhfa etgan kompaniya yana yangi nihollarni parvarish etyapti. Markazning yangi loyihalaridan biri Ruhshona allaqachon tanilishga ulgurgan bo`lsa, Sirojiddin va Jamshid ham o`ziga yarasha muxlislar topishga ulgurdi. Ayni kunlarda "Akfa-media” yana bir yangi g`oyani amalga oshirish taraddudida. Shu boisdan katta tanlov e`lon qiladi...
|
Абитуриентлар диккатига!
Бакалавриат йуналишлари буйича тест синовлари натижаларини Давлат тест марказининг расмий сайти,
Олий таълим муассасалари стендлари ёки мобил телефон орқали 5151
рақамига жавоблар варағи рақамини юборишингиз ва натижангизни билишингиз
мумкин (1 sms 0,75$) TEST NATIJALARINI ONLINE BILISH
|
Pop qiroli Maykl Jekson istiqomat qilgan uylarning eng so`nggisi, bugun sotuvga qo`yildi. Aytib o`tish joizki, dunyo yulduzi xayotining so`nggi kunlarini aynan ushbu xashamatli uyda o`tkazgan bo`lib, u Los Anjelosning Xolmbi-Xillz tumanida joylashgan. Ushbu tumanda bu kabi xashamatli binolar talaygina bo`lsada, Maykl Jeksonga tegishli bo`lgan boshpana, o`zgacha ya`ni fransiya qasrlari uslubida qurilgan. Xovlisini xisobga olmaganda, uyning umumiy kattaligi 1595kvadrat metr o`z ichiga oladi.
|
Yoz faslining so'nggi oyi ham boshlandi. Biz yoz faslining so'nggi
sovg'alaridan biri sifatida siz aziz muxlislar uchun e-mail tizimini
taqdim etishga qaror qildik. Yandex hamda Uzmusic.Uz Administratsiyasi hamkorlikda uzmusic.uz manzilidan ismingiz@uzmusic.uz (misol tarzida ko'rsatilgan e-mail) manzilini sizlarga taqdim etadi.
|
Go`zal va maftunkor Rayhon "U meniki” deb nomlangan yangi qo`shiq yozdi. Qo`shiq musiqas Rayhon tomonidan bastalandi, matni har safargidek Yaksonga aranjirovkasi Zafar Qodirovga tegishli. Hozirda xonanda ushbu qo`shiqga ishlanadigan klip senarisi ustida bosh qotirmoqda. Rayhonaga ijodiy ishlariga omad tilagan xolda yana o`ziga xos bo`lgan ajoyib klipni kutib qolamiz.
|
|
|
| Ma'lumotnoma |
Hurmatli mehmon ! Faqat ro'yhatdan o'tganlar saytda barcha imkoniyatlarga ega bo'ladi. Iltimos, saytdan ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z nomingiz bilan kiring !
|
| Yangi izohlar |
siroch yozdi: Муз ништяк получилось )) заход... sayyod yozdi: Qoshiqqa gap yo'q lekin, k... СоХиБа_Лю вАс=** yozdi: Дорогие,Любимые мои Пацанчики=... nanosh yozdi: санъатга кайтганизи кориб жуда... |
| Saytga yordam |
Saytga o'z hissangizni qo'shing ! Agar siz saytimizga chet eldan tashrif buyursangiz, saytdagi Mp3larni ko'chirish imkoniga ega bo'lish uchun saytga yordam bering. Bizning WebMoney tizimidagi hisob-raqamlarimiz: |
| Admin bilan aloqa |
Agent: uzmusic.uz@mail.ru
E-Mail: info@uzmusic.uz
Mobile: +99893-3973363
ICQ: 576155362
|
| Hisoblagichlar |
Hozir saytda: 8 Mehmon: 8 Foydalanuvchi: 0
|
|