Estradamizning sho`x maftunkori Ziyoda bir qancha yangiliklar bilan ijodini davom ettirmoqda. Navbatdagi yangi qo`shiq va navbatdagi yangi klip. Klip bilan bezatilayotgan tarona nomli "O`ynaganda Janon” deya atalgan. Klip rejissyori Rustam Murodovning g`oyalariga tayangan holda Ziyoda bu safar lotin amerikasi raqsini klipda muxlislar e`tiboriga taqdim etadi. Klip suratga olinayotgan qo`shiqning musiqasi sayqali Furqat Bobojonovga tegishli. Ziyodaning yuqoridagi "Xorazmcha”, "Dunyo” kabi qo`shiqlarini ham aynan ushbu inson ijodidan ekanligini hisobga oladigan bo`lsak "O`ynaganda Janon” nomli navbatdagi yangi qo`shiq yo`nalishi ham shubhasiz sho`x ohangda bo`ladi. Bundan tashqari "Xattuba” bilan hind musiqasiga ishqiboz o`zimizning insonlarni yaxshi ma`noda bir seskantirib yuborgan Ziyodadan yaqin kunlarda "Seni sevaman Hindiston” nomli yangi taronani kutib olamiz.
Saytga o'z hissangizni qo'shing ! Agar siz saytimizga chet eldan tashrif buyursangiz, saytdagi Mp3larni ko'chirish imkoniga ega bo'lish uchun saytga yordam bering.